«davlat dasturi-2025» tegli maqolalar


O‘zbekistonda 500 nafar rahbar shaxslarning korrupsiyaga moyilligi darajasi baholanadi
14 yanvar 2025, 11:12

O‘zbekistonda 500 nafar rahbar shaxslarning korrupsiyaga moyilligi darajasi baholanadi

Rahbar kadrlarni baholash markazida 500 nafar rahbarlik lavozimlarda ishlayotganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasi baholanishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi, xalqaro tashkilotlar tomonidan bildirilgan tavsiyalarni bajarilishi monitoring qilinadi.

Zo‘ravonlikka moyil o‘qituvchilarga psixologik yordam berish mexanizmi paydo bo‘ladi
10 yanvar 2025, 21:58

Zo‘ravonlikka moyil o‘qituvchilarga psixologik yordam berish mexanizmi paydo bo‘ladi

O‘zbekistonda ta’lim oluvchilarga nisbatan zo‘ravonlikka moyilligi mavjud pedagog kadrlarni aniqlash va ularga psixologik yordam berish mexanizmlarini joriy etish taklif etilmoqda. Ularning kasbiy so‘nishi va stresslarning oldini olish uchun simulyator va keyslar yaratish ham rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda uy-joy qurilishi jarayonida avtoturargohlar tashkil etish majburiy bo‘lishi mumkin
9 yanvar 2025, 19:23

O‘zbekistonda uy-joy qurilishi jarayonida avtoturargohlar tashkil etish majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda turar joy binolarini loyihalash va qurishda yerusti yoki yerosti to‘xtash joylari tashkil etishni majburiy qilish taklif qilinmoqda. Shuningdek, uy-joylarni bazalt materiallari bilan qoplash va uglerod oksidi signalizatori bilan jihozlash rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda 2028-yilgacha ov qilishga moratoriy joriy qilinishi mumkin
9 yanvar 2025, 14:34

O‘zbekistonda 2028-yilgacha ov qilishga moratoriy joriy qilinishi mumkin

O‘zbekistonda 2025-yil 1-sentabrdan 2028-yil 1-yanvarga qadar ov qilishga moratoriy joriy qilinishi rejalashtirilmoqda. Ovchilarga muqobil mashg‘ulot sifatida o‘q otish sportiga ixtisoslashtirilgan poligonlarda xizmat ko‘rsatiladi. Bular 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.

O‘zbekistonda 2025-yilda davlat dasturlari xarajatlari uchun 24,2 trln so‘m rejalashtirilmoqda. Unga nimalar kiradi?
31 oktabr 2024, 00:58

O‘zbekistonda 2025-yilda davlat dasturlari xarajatlari uchun 24,2 trln so‘m rejalashtirilmoqda. Unga nimalar kiradi?

2025-yilda O‘zbekistonda davlat dasturlarini moliyalashtirishni 24,2 trln so‘mga (+5,8%) oshirish rejalashtirilmoqda. Yangi xarajatlar orasida kam ta’minlangan oila farzandlari uchun to‘garaklar tashkillash, bog‘chalarda Face-ID tizimini joriy etish, futbolni ommalashtirish uchun ko‘chma TV-stansiya sotib olish bor.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting